Galaxy S9'ning iPhone X va boshqa flagmanlarni dog‘da qoldiradigan jihati ma’lum bo‘ldi

Galaxy S9'ning iPhone X va boshqa flagmanlarni dog‘da qoldiradigan jihati ma’lum bo‘ldi

Samsung ko‘p yillardan buyon o‘zining Galaxy S va Galaxy Note turkumidagi flagman smartfonlariga 2 turdagi protsessorlarni o‘rnatadi – o‘zining Exynos va Amerikaning Snapdragon chiplari. Insayderlarning bugun ma’lum qilishlaricha, Samsung Galaxy S9 samaradorlikda iPhone X hamda boshqa barcha Android-flagmanlarni dog‘da qoldiradi.

iPhone X (iPhone 8)'da Apple A11 Bionic Neural Engine protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, unga muayyan funksiyalarni bajaruvchi qo‘shimcha texnologik yeimlar ham joriy qilingan. Ayniqsa, muhandislar uning qo‘shimcha voqelik texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashiga alohida diqqat qilishgan. Bu esa Apple flagmanidagi chipning yengil, qizimasdan hamda uzoq ishlashiga xizmat qiladi.

Samsung yaqinda 3-avlodga mansub ilg‘or yadrolar, takomillashgan video-karta, smartfon sanoatidagi ilk ilk gigabitli LTE-modemga ega bo‘lgan chipni taqdim qilgan edi. 6CA (Cat.18) modemining ma’lumotni o‘tkazuvchanlik qobiliyati sekundiga 1,2 Gbit/ni tashkil qiladi. Galaxy S9 bu tezkorlik yordamida to‘liq o‘lchamli HD-sig‘imli filmni 10 sekund orasida yuklab olish salohiyatiga ega bo‘ladi.

O‘qingSamsung Galaxy S9'ning protsessori taqdim qilindi

Janubiy koreyalik "shovvoz" shu kunlarda Galaxy S9'ga o‘rnatilishi kutilayotgan Exynos chipseti uchun o‘zining shaxsiy neyronli yordamchi protsessorini yaratish ishlarini yakunlamoqda. Bu neyronli yordamchi protsessor flagmanga ilovalardan tezkor foydalanish imkoni bilan birga, umumiy samaradorlikni ko‘tarishga ham yordam beradi.

Aynan mana shu neyron-protsessori Samsung Galaxy S9'da qator funksiyalar, jumladan kuchli xavfsizlik tizimiga ega Face ID skanerining o‘rnatilishiga sababchi bo‘ladi. Qolaversa, bu smartfon Samsung’ning «Buyumlar interneti»ga mo‘ljallangan birinchi mobil aloqa vositasi bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!