Galaxy S9 taqdimotidan oldin undan kuchli, ammo 5 karra arzon «xitoycha S9» tayyorlandi

  •   DiMaX
  •  3568
  •  22.12.2017 12:53

Galaxy S9 taqdimotidan oldin undan kuchli, ammo 5 karra arzon «xitoycha S9» tayyorlandi

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S9 smartfoni hamda uning «plyusli» talqini 2018 yilning fevrali so‘ngida – MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida taqdim etilishi kutilayotir. Biroq undan avval – kecha Xitoydagi Bluboo kompaniyasi o‘zining yangi smartfonini – «xitoycha S9»ni tayyorlaganini va u Samsung’ning bo‘lajak flagmanidan ko‘ra ustunliklarga ega ekanligini ma’lum qildi. Bu to‘g‘rida AKKet nashri xabar bergan.

O‘QING: Samsung’ning taqdim etilmagan bu smartfoni Geekbench’da eng yuqori ball to‘pladi!

Ishlab chiqaruvchi kompaniya ushbu Bluboo S9 smartfonining suratlarini taqdim etdi va uni Samsung Galaxy S9 bilan taqqoslab ko‘rsatdi. Xitoycha brendning ta’kidlashicha, uning yangi qurilmasi janubiy koreyaliklarning flagmanidan yaxshiroqdir. Zero, u Galaxy S9’dan ko‘ra 3–5 baravarga arzon tursa-da, xuddi unikidek xususiyatlarga ega, tag‘in tashqi ko‘rinishi ham deyarli farq qilmaydi.

Shuningdek, Bluboo S9 smartfonining texnik xususiyatlari ham oshkor etildi. Mazkur gadjetning romsiz OLED-ekrani tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatiga ega. Displeyning tasvir aniqligi 2960x1440 pikselli, ya’ni Quad HD+ formatida.

Devaysning «yuragi» sifatida 10 yadroli MediaTek Helio X30 protsessori tanlangan. Smartfon 6/8 GB tezkor va 64/128 GB doimiy flesh-xotiraga ega.

Bluboo S9 modelining asosiy kamerasi 16 megapiksellik ikkita Sony sensorini o‘z ichiga oladi. Selfi uchun esa 12 megapikselli kamera o‘rnatilgan. Bulardan tashqari, ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, uning bu yangi qurilmasi yuz skaneriga ham ega. Aftidan, bu yerda qiyofasiga ko‘ra shaxsni tasdiqlashning dasturiy usuli haqida gap ketmoqda, u esa iPhone X superflagmanidagi Face ID darajasida ishonchli emas.

O‘QING: Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Samsung Galaxy S9 flagmanidan kuchliroq Bluboo S9 smartfoni qora, kumushrang, tillarang va moviy tusli korpuslarda ishlab chiqariladi. Unga Android 8.0 Oreo operatsion tizim talqini o‘rnatilgan.

Bu qiziqarli smartfonning ommaviy namoyishi qachon bo‘lib o‘tishiga Bluboo aniqlik kiritmagan. Biroq taxminlarga ko‘ra, uni 2018 yilniyg yanvar–fevral oylarida taqdim etishsa kerak.

Tabiiyki, Galaxy S9’dan 3-5 karra hamyonbop holida ham 8/128 gigabaytlik xotiraga, yana Samsung flagmanining klassik versiyasida yo‘q qo‘shaloq ob’yektivli asosiy kameraga ega bo‘lgan Bluboo S9 – foydalanuvchilar uchun qiziq variant. Endi haqiqiy taqqoslab ko‘rish uchun bu ikkala qurilmaning rasmiy taqdimotini kutish qoldi, xolos. Bu borada yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Eksklyuziv: Galaxy S9 taqdimot kuni ma’lum, yangi videosini tomosha qiling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!