Galaxy Tab S4 planshet tarmoqlarda paydo bo‘ldi: g‘ilofli-klaviatura va S Pen stilusi bilan

  •   Saroy
  •  1717
  •  11.07.2018 14:05

Galaxy Tab S4 planshet tarmoqlarda paydo bo‘ldi: g‘ilofli-klaviatura va S Pen stilusi bilan

Yangi qurilmaning rasmini mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) joylagan. Unda planshet S Pen stilusi va alohida sotib olsa ham bo‘ladigan g‘ilof-klaviatura ko‘rinib turibdi. Qurilmaning yon qirrasida mikrofon va ikkita stereodinamik joylashgan.

O‘QING:O‘z smartfoning o‘zingga xoin: Samsung smartfonlari egalarini sotmoqda

Xabarda aytilishicha, Tab S4 plansheti 10.5-dyuymli AMOLED-displeyiga ega bo‘ladi. Displey formati 2560×1600 pikselli bo‘ladi. Devaysning ishlashiga o‘tgan yilgi top protsessorlardan biri  Snapdragon 835 javob beradi. Protsessor  Adreno 530 grafikalidir. Bundan tashqari yangi qurilma  4 GB OZU, 64 GB PZU,  6000 mAch sig‘imdagi batareya hamda 12 Mp kamera bilan ta’minlangan.  Qurilmaning yana bir o‘ziga xos jihatlaridan biri AKG stereodinamigi va USB Type-C portiga egaligidir. Planshet Android 8.0 Oreo’da ishlaydi.

O‘QING:Samsung Galaxy Note 9 sinovdan o‘tdi, hatto maxsus sertifikat ham oldi

Galaxy Tab S4 joriy yil avgust oyida Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2018 ko‘rgazmasida omma hukmiga havola etiladi. Darvoqe, 9 avgustda Galaxy Note 9 fableti rasman namoyish etiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!