Galaxy Watch 5 qatoriga yangi model qo‘shiladi

Galaxy Watch 5 qatoriga yangi model qo‘shiladi

Ko‘p yillardan beri Samsung o‘zining aqlli soatlarini turli xil o‘lchamdagi ikki modelda taqdim qilib keladi. O‘tgan yili taqdim qiligan Galaxy Watch 4 soati 361 mAh batareya sig‘imiga ega edi va bu smartsoatning eng yomon tomoni bo‘ldi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar soat quvvati uzoqqa yetmayotganidan norozi bo‘lmoqdalar. Janubiy Koreya kompaniyasi bu muammoni smartsoatni kattaroq qilish bilan hal qilmoqchiga o‘xshaydi.

SamMobile nashrining xabar berishicha, Galaxy Watch 5 smartsoatlari seriyasida yangi Pro modeli paydo bo‘ladi va u Galaxy Watch 5 va Galaxy Watch 5 Classic modellaridan ko‘ra ko‘proq - 572 mAh batareya sig‘imiga ega bo‘ladi. Bu oldingi Galaxy Watch 4 soatining 361 mAh batareyasidan 60% ga ko‘proq bo‘lib, albatta, kattaroq batareya soat o‘lchamini ham kattalashtirib yuboradi. Afsuski, katta o‘lchamdagi smartsoatlar esa foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

O‘QING: Galaxy smartfonlari uchun Android 13