Galaxy X -- 2018 yilning eng ilg‘or smartfoni bo‘ladi

Galaxy X -- 2018 yilning eng ilg‘or smartfoni bo‘ladi

Galaxy S9 flagmanining taqdimotiga bir oycha vaqt qoldi va biz uning tashqi ko‘rinishidan Galaxy S8 modeli bilan bir xil bo‘lishini bilamiz. Shu kunlarda koreyalik innovator muxlislari diqqatini boshqa xabarga qaratishga urinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note 9 yanada ilg‘or va "sun’iy intellekt" tizimi, virtual barmoq izi skaneri bilan o‘ziga xos bo‘ladi.

Shu bilan birga, kuni kecha yana bir kutilmagan xabar tarqaldi. Undan aytilishicha, Samsung joriy yilda ilk marotaba 3 ta flagmanni taqdim etadi. Aynan uchinchi flagman eng ilg‘ori bo‘ladi. Bu yerda gap Galaxy X — «afsonaviy» buklanuvchi smartfon haqida ketmoqda. Bu flagmanning fevralda o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim qilinishi kutilmoqda.

Kecha Samsung kompaniyasi o‘zining 2017 yil to‘rtinchi chorakdagi natijalari haqida ma’lum qilib, Galaxy X to‘g‘risida ham to‘xtalib ketdi. Samsung tezkor va doimiy xotira chiplari o‘tgan yilda rekord darajada sotilganini e’lon qilib, bu yilda bukiluvchan smartfonning taqdim qilinishini ham aytib ketdi.

«Mobil qurilmalar masalasida Samsung yuqori texnologiyalarga asoslangan smartfonlar ishlab chiqarishni davom ettiradi. Jumladan, bu yil OLED-displeyli va bukiluvchan korpusli gadjetlarni ishlab chiqaramiz. Bunday qayishqoq OLED-ekranlarni ikki buklash mumkin bo‘ladi», deyilgan kompaniya tomonidan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!