“Galaxy X” — Samsung’ning buklama smartfoni

“Galaxy X” — Samsung’ning buklama smartfoni

Ubergizmo insayderining yozishicha, Samsung Janubiy Koreya intellektual mulk idorasi bilan Galaxy X smartfonini ishlab chiqarishga oid shartnoma imzolagan. Ushbu smartfon dizayn va shakliga ko‘ra buklanadigan devaysni eslatadi.

Samsung’ning anchadan buyon tillarga tushgan buklama smartfonining Galaxy X deb nom olishi to‘g‘risidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, AMOLED buklama displeyli ilk gadjet joriy yil so‘ngiga qadar taqdim qilinadi. Kompaniya 2018 yilning 2-choragidan boshlab bu turdagi devayslarni ommaviy ishlab chiqara boshlaydi.

Insayderlar tomonidan yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon Mobil Kongressida kompaniyaning buklama displeyni namoyish qilishi to‘g‘risida e’lon qilingan edi. Biroq kompaniya mazkur texnologiyani alohida taqdimotda namoyish etilishini ma’lum qilgan.

Mazkur qayishqoq displeyga ega devayslar displeyini kitob singari ichkariga yoki tashqariga ham buklab foydalanish mumkin. Samsung bu turdagi displeylarni boshqa ishlab chiqaruvchilarga sotish rejasida ham bo‘lishi mumkin.

Bunday smartfonning old paneli to‘liq displeydan iborat bo‘lib, shuningdek gadjet orqa tomonga ham buklanadi. Gadjetni yoyiq holda ishlatganda u 7 dyuymli planshet vazifasini bajaradi. Ushbu texnologiya gibrid noutbuk va planshet, planshet va smarfton gibridlarini yaratishda navbatdagi muhim qadam bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.