Galaxy Z Flip raqobatchisi jonli suratlarda

Galaxy Z Flip raqobatchisi jonli suratlarda

Yaqinda Motorola o'zining buklanadigan smartfoni uchinchi avlodi ustida ishlayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Kecha 91Mobiles tomonidan internetda tarqatib yuborilgan suratlar esa kompaniyaning rostdan ham yangi buklamafon ustida ishlayotganini tasdiqladi.

Kod nomi "Maven" ekanligi aytilayotgan va Razr brendi ostida chiqarilishi kutilayotgan Motorola Razr 3 jonli suratlaridan ko'rish mumkinki, uning 50MP (f/1.8) va qo'shimcha 13 megapiksellik ikki orqa kameralari joylashuvi Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'tgan yili taqdim qilgan Galaxy Z Flip 3 ni eslatib yuboradi.

Muallif: 91Mobiles

Ma'lum bo'lishicha, yangi buklamafonning barmoq izi skaneri endilikda uning yon tomonida, asosiy yoqish tugmasi bilan integratsiyalashtirilgan bo'ladi. Shuningdek, buklamafon FHD+ ekran va selfilar uchun 32MP kamera sensoriga ham ega.

Muallif: 91Mobiles

Motorola "Maven" kapot ostida Snapdragon 8 Gen 1 SoC, shu bilan birga, Snapdragon 8 Gen 1 Plus chipi bilan ikki xil versiyada chiqarilishi aytilmoqda. Katta ehtimol bilan buklamafon operativ xotirasi 8/12 GB, doimiy xotirasi esa 256/512 GB bo'ladi. Afsuski, qurilmaning batareya hajmi, ekran o'lchami va boshqalar ma'lumotlari haqida axborot berilmagan.

Razr 3 shu yilning iyul yoki avgust oyida, Quartz Black va Tranquil Blue ranglarida birinchi Xitoy uchun, keyinchalik esa global bozor uchun taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Honor smartfonlari O'zbekistondagi narxlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!