Samsung Galaxy Z Flip3 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy Z Flip3 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung 11 avgust sanasida ikkita yangi buklamafonni taqdim etgan edi. Ulardan biri Galaxy Z Flip3 5G bo‘lib, hozirda 999 dollar evaziga sotib olish mumkin bo‘lgan eng arzon flagman buklamafon hisoblanadi.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Fold3 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Smartfon oldingi avlodlariga nisbatan sezilarli darajada arzonroq chiqqani bilan bir qatorda, uning ayrim texnik ko‘rsatkichlari yaxshillangan. Misol uchun, Z Flip3'da suvdan himoya IPX8 standarti mavjud. Shuningdek, smartfon yuqori yangilanish chastotasida ishlovchi Dynamic AMOLED 2X displeyiga ega. Avvalgi avlod Z Flip 5G'da esa ekran yangilanish chastotasi 60Hz ni tashkil qilar edi.

Qurilmaning tashqi displeyi ham kattalashgan hamda u orqali ko‘plab ammalarni bajarish mumkin bo‘ladi. Yangi Z Flip'ga Snapdragon 888 chipi o‘rnatilingan va bu ham qurilmaning unumdorligini oldingi avoldlarga qaraganda bir muncha oshiradi.

Z Flip3 5G'ning kameralari ko‘pchilikning hafsalasini pir qilishi mumkin. Qurilma orqa panelida ikkita kamera joylashgan. Asosiy kameradagi 1/2.55 dyuymli sensor 2016 yilda taqdim etilgan Galaxy S7 smartfonidan olingan. Ikkinchi ultrakeng kamerada esa autofokus mavjud emas. Smartfonga telefoto kamera o‘rnatilmagan. Qurilmaning selfi kamerasi maqtovga arzugulik emas. Unda ham autofokus mavjud emas.

Z Flip3'ning 15 vattda quvvat olishi ham bugungi flagman smartfonlar darajasiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Biroq smartfon 3,300 mAs hajmli akkumulyatorga egaligini hisobga olsak, akkumulyatorni to‘liq quvvatlash uchun uzoq vaqt sarflanmaydi.

Samsung Galaxy Z Flip3 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 166.0x72.2x6.9mm, 183g; old plastik, orqa panel shisha (Gorilla Glass Victus), alyuminiy rom; IPX8 standarti.

> Displey: 6.70 dyuymli Foldable Dynamic AMOLED 2X, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1200 nit yorqinlik, 1080x2640 piksel rezolyutsiya, 426ppi zichlik; Taqshqi displey: 1.9 dyuymli Super AMOLED displeyi, 260x512 piksel rezolyutsiya.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1

> Kamera: Asosiy kamera: 12MP, f/1.8, 27mm, 1/2.55“, 1.4µm, Dual Pixel PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 12MP, f/2.2, 123˚, 1.12µm.

> Selfi kamera: 10MP, f/2.4, 26mm, 1.22µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@60/240 kadr/sek., 720p@960 kadr/sek., HDR10+; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 3,300 mAs, 15 vatt quvvatlanish imkoniyati, 10 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, 4.5 vatt quvvat berish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; Samsung Pay.

Qadoq tarkibi

Xuddi Z Fold3 kabi Z Flip3'ning qutisida ham qurilma bilan birgalikda faqatgina
USB-C kabeli hamda SIM karta ejektori o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

Smartfonga oldindan buyurtma bergan xaridorlarga bonus tariqasida 25 vattlik quvvatlash adaperi yoki simsiz quvvtalagich beriladi.

O‘QING: Samsung Galaxy A22 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!