Garmin uchuvchilar uchun smart-soatlar seriyasini ishlab chiqardi

  •   Saroy
  •  872
  •  19.07.2018 14:35

Garmin uchuvchilar uchun smart-soatlar seriyasini ishlab chiqardi

Garmin kompaniyasi uchuvchilar va parvoz ishqibozlari uchun yangi “aqlli” soatlar   lineykasini ishlab chiqardi. Yangi modellar  D2 Delta PX, D2 Delta S va D2 Delta, deb nomlangan. Yangi qurilmalar avvalgilaridan qo‘shimcha funksiyalar va imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Garmin D2 Delta PX modeli qonni kislorod bilan to‘yintirish analizatori, titanli korpus bilan ta’minlandi. Uning diametri 51 mm. Garmin D2 Delta S  aylanasi 42 mm, qirmizi tilla rangda bo‘lib, remeni charmdan. Garmin D2 Delta esa 47 mm aylanaga ega, uning korpusi ham titandan va ko‘k rangda. Unda ham remen charmdan.

O‘QING:Tizen to‘xtatildimi? Samsung xodimlari endi Wear OS aqlli soatlarini taqib yuribdi

Yangi  smart-soatlar uchligi GPS-moduliga ega bo‘ldi. Ularni ham  Bluetooth-moduli orqali Garmin’ning turli ixtisoslashtirilgan gadjetlariga ulasa bo‘ladi (navigatorlarga, pribor panellariga va boshqa qurilmalarga). Bunday holatda soatda parvoz haqida jumladan: uning balandligi, kursi, tezligi, harakat marshruti, havo harorati va boshqa ma’lumotlar aks etadi.  Garmin Pay simsiz to‘lov tizimi bilan ishlaganda, butunjahon aviatsiya ma’lumotlar bazasidan foydalanish mumkin. Smart-soatning standart imkoniyatlari o‘rnatilganda turli faol hordiq turlarini nazorat qilish, qo‘ng‘iroq, SMS, eslatmalarni, hamda qadamlarni o‘lchash imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

O‘QING:Huawei smart-soatga patent oldi: simsiz quloqchinga joy ham bor

 Garmin D2 Delta PX, D2 Delta S va D2 Delta “aqlli” soatlari avgust oyida sotuvga chiqadi. D2 Delta S foydalanuvchilar uchun  899 AQSh dollariga tushadi. D2 Delta modelini  949 dollarga baholashdi, D2 Delta PX esa 1249 dollardan sotilmoqda.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!