G‘aroyib gilamcha

G‘aroyib gilamcha

SOPDS (Soner Ozenc Product Design Studio) kompaniyasi islom diniga e’tiqod qiluvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Al Sajjada” (EL Sajjadah) nomli innovatsion gilamcha, ya’ni musulmonlar uchun joynamoz loyihasini ishlab chiqdi. Mazkur joynamozda ibodat chog‘ida qiblani avtomatik tarzda aniqlab beruvchi kompas mavjud.

Uni yerga yozishning o‘zi kifoya. Qolganini o‘rnatilgan kompasning o‘zi bajaradi. Ya’ni diodli ip aniqlangan qibla yo‘nalishini ko‘rsatib, yanada yorqin porlaydi. Bu, albatta, musulmonlarga safar chog‘ida, qiblani aniqlash imkoni yo‘q paytda qo‘l keladi.

Loyiha mualliflarining aytishicha, mazkur innovatsion joynamozni maxsus quvvat vositasi(batareyka)da yoki manbaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab ishlatish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!