“Garri Potter”dagi sehrli so‘zlarni Google reallikka aylantirdi

“Garri Potter”dagi sehrli so‘zlarni Google reallikka aylantirdi

“OK Google” ovozli qidiruv xizmati britaniyalik yozuvchi Joan Roulingning “Garri Potter” kitobidagi sehrli so‘zlarni reallikka aylantirmoqda.

Endi android sistemasida ishlovchi samartfon egalari telefondagi fonarchani yoqishi uchun “OK Google” ovozli qidiruv xizmatini yoqib, “Lyumos” so‘zini aytishi kifoya.“Garri Potter” kitobida qahramon “Lyumos” so‘zini aytib sehrli tayoqchaning uchida kichik olov paydo qilgan edi. Fonarchani o‘chirish uchun esa “Noks” so‘zini qo‘llash mumkin. Bu orqali telefon yoritgichi o‘chiriladi.

Agar smartfon foydalanuvchilari telefonning ovozini o‘chirib qo‘yishi kerak bo‘lsa, “Silensio” so‘zi orqali buyruq beriladi, u xizmat faqat android tizimidagi smartfonlarda ishlaydi.