Gartner xrombuk savdosida yetakchi brendni e’lon qildi

Gartner xrombuk savdosida yetakchi brendni e’lon qildi

Gartner tadqiqot kompaniyasining navbatdagi tahlili xrombuklar savdosiga bag‘ishlandi. Unda aytilishicha, Acer qatorasiga 3-yil ushbu bozorda yaqqol peshqadamlik qilmoqda. 2015 yil bilan taqqoslaganda tayvanlik ishlab chiqaruvchi 33% ko‘proq xrombuk sotishga erishgan. Kompaniyaning bu turdagi xalqaro gadjetlar bozoridagi ulushi 28%ni tashkil qiladi.

Xrombuk bozorida Acer’ning to‘liq quvvati 14 soatga yetadigan Acer Chromebook 14, ekrani 15,6 dyuymli Acer Chromebook 15, korpusi ixchamlashadigan 13,3 dyuymli Chromebook R 13 va Vibrant Gorilla Glass himoya shishasiga ega Acer Chromebook 14 kabi modellari ommalashgan. Xalqaro bozorda ular o‘rtacha 250 AQSh dollaridan sotilmoqda.

2011 yildan ishlab chiqarila boshlangan, Chrome OS operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadigan, noutbukka nisbatan kichik ekranli bu qurilmalarda ilovalarni qattiq diskka o‘rnatish shart emas. Chrome brauzerini ochib, Google veb-servislaridagi ilovalardan foydalanish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!