Geekbench Apple'ning muxlislariga nisbatan xiyonatini fosh qildi

Geekbench Apple'ning muxlislariga nisbatan xiyonatini fosh qildi

Internetdagi Reddit forumi foydalanuvchilaridan biri Apple kompaniyasi 1 yildan 3 yilgacha ishlatilgan ayfonlarining ishlash samaradorligini ataylabdan pasaytirib qo‘yishini ma’lum qilgach, bu to‘g‘rida xalqaro ommaviy axborot vositalari jar soldilar va jahonning taniqli laboratoriyalari vaziyatni o‘rganishga kirishib ketishdi. Taniqli Geekbench benchmarki asoschisi bo‘lgan Primate Labs kompaniyasi ekspertlari ham ushbu holatni shaxsan tekshirib ko‘rishga ahd qilishdi.

Natijalar asosida Primate Labs ekspertlari iPhone foydalanuvchilarning barchasi bu holatni payqashgan va Apple kompaniyasining o‘zi smartfonlar ishlashini sun’iy ravishda pasaytirib qo‘yishini ta’kidlashgan. Jumladan, bugunga qadar iPhone 6, iPhone 6s, iPhone SE hamda bulargacha taqdim qilingan barcha ayfonlarning platforma imkoniyatlari pasaytirib kelingan. Natijada, sekin ishlaydigan ayfonlar akkumulyator batareyasidagi tok tezda tugab qolavergan.

Aftidan, Apple bu to‘g‘rida o‘zi hech qachon og‘iz ochmaydi va iPhone 6, iPhone 6s, iPhone SE va hattoki iPhone 7 flagmanlarining tezkorligini sekin-asta pasaytirib foydalanuvchilarni yangi ayfon sotib olishga majbur qiladi.

Geekbench benchmarki ishlab chiqaruvchilari testlarda foydalanilgan iPhone 6, iPhone 6s, iPhone SE smartfonlarining hozirgi samaradorligini o‘lchab ko‘rib, uni smartfonlar taqdim etilgan paytdagi dastlabki natijalar bilan solishtirib ko‘rishdi. Natija esa hayratlanarli bo‘lib chiqdi. Ya’ni, ayfonlardagi samaradorlik naq 40 foizga kamayib ketgan!

Buni tan olish qanchalar og‘ir bo‘lmasin, barcha iPhone xaridorlari bunda Apple kompaniyasining qo‘li borligini takrorlashdan charchamaydilar. Apple esa o‘zini xaridorlarga yon bosadigan, g‘amxo‘r brend qilib ko‘rsatishdan charchamaydi. Apple hanuz u jahon innovatsiyalar bozoriga dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan mahsulotlarni taqdim qilayotganini aytadi va o‘zi sekin-asta o‘sha ilg‘or devayslarning platforma samaradorligini o‘zgartirib qo‘yadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!