Gey-targ‘iboti, ruhiy xurujlar avj olayotgani bois Instagram’ni taqiqlash taklif qilindi

Gey-targ‘iboti, ruhiy xurujlar avj olayotgani bois Instagram’ni taqiqlash taklif qilindi

Rossiyaning «Taksimeta» kompaniyasi Moskva sudiga murojaat qilib, Rossiya kommunikatsiyalar nazorati idorasi tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ining yopib qo‘yilishini talab qildi. Kompaniya fikriga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda bu tarmoq foydalanuvchilarning ruhiyatiga juda qattiq tahdid o‘tkazmoqda. Bu to‘g‘rida sud tizimi va jarayonlarini yorituvchi Rossiya sud ma’lumoti va huquqi agentligi e’lon qilgan.

“Badavlat odamlarning o‘zining shohona hayotini ko‘z-ko‘z qilayotgani boshqalarning ruhiyatiga nisbatan hujumga o‘xshaydi. Oddiy odamlar bunday suratlarni ko‘rib, tushkunlikka tushadilar va o‘zlarini yolg‘iz his qiladilar. Hattoki, o‘smirlar o‘zlaridan ko‘proq “like” yig‘ayotgan tengdoshlariga nisbatan ham g‘arazli kayfiyatda ulg‘aymoqdalar”, — deydi da’vogar.

Shuningdek, hujjatda Instagram yoshlarning ongini zaharlab, yigitlar o‘rtasida bir jinsli intim aloqalarni o‘rnatishni targ‘ib qilayotgani bayon etilgan.

«Odamlar yig‘ayotgan layk va folloverlarini kuzatib yashash bilan band. Ruhi ojiz va dunyoqarashi past odamlar esa real hayotdan ko‘ra, Instagram’da ko‘proq yashamoqdalar».

Da’vo arizasida Instagram uchun noan’anaviy selfi olish musobaqasida odamlarning hayotdan ko‘z yumayotgani, ijtimoiy tarmoqning aqlni pasaytirishi, stressga sabab bo‘lishi yozilgan. Sud jarayoni yakunlanishi bilan natijani sizga ma’lum qilamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.