Germaniyada qochoqlar uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Germaniyada qochoqlar uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Dastur mamlakatga yaqinda tashrif buyurgan muhojirlar uchun yaratilgan. U qochoqlar mamlakat hayotiga tez moslashishlarida ko‘makchi bo‘ladi, deb uqtirilmoqda.

Smartfonlarga o‘rnatiladigan ilovaning nomi Ankommen-app. Ilova yaratilishi haqida o‘tgan yilning oxirlarida aytilgan. Ankommen-app ilovasi GFRda qochoq maqomini olishni istaganlarga maslahat beradi. Bundan tashqari ish qidirish, nemis tilini o‘rganishda yordam beradi. Ilova o‘zida Germaniyaning tayanch qonunlari va qator huquqiy ma’lumotlarni jamlagan. Ankommen-app interfeysi ko‘plab tillarda jumladan, ingliz, fransuz va arab tillarida ishlangan. Ilova ustida ishlashga muhojirlik va qochoqlar masalalari bo‘yicha Federal mahkama hamda Bayerischer Rundfunk va Gyote instituti xodimlari hissa qo‘shishdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.