GFXBench tizimida 5 dyuymli yangi Sony Pikachu smartfoni aniqlandi

GFXBench tizimida 5 dyuymli yangi Sony Pikachu smartfoni aniqlandi

Mobil qurilmalar salohiyatini baholashga mo‘ljallangan GFXBench benchmarki ma’lumotlar bazasida 5 dyuymli yangi Sony Pikachu smartfonining sinovdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Odatda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yangi “aqlli telefon”lar ilk marotaba benchmarklarda sinab ko‘riladi. Sony kompaniyasining yangi Pikachu nomli mobil aloqa vositasi ham ilk marotaba 14 fevral kuni mazkur tizimda aniqlandi.

Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, “Pikachu” tizimda imtihondan o‘tgan smartfonning ishchi nomi bo‘lishi kerak. «Pokemon» o‘yinidan ilhomlanib qo‘yilgan bu nom ortida aslida MWC 2017 Jahon Mobil Kongressi mobaynida taqdim etish reja qilingan Sony G3112 smartfoni turibdi. Ammo smartfonda Pokemon GO o‘yini yuklangan bo‘ladi. Shuningdek, o‘yin uchun zarur qurilmalarning taqdim etilishi ham taxmin qilinmoqda.

GFXBench ma’lumotlar bazasida aniqlangan smartfon Android 7.0 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Uning samaradorligi yagona kristalli, 2,3 GGs chastota tezligida ishlaydigan MediaTek Helio P20 platformasi tomonidan amalga oshiriladi. Smartfonning tezkor xotira sig‘imi 3 GB, doimiy qo‘shimcha xotirasi esa 32 GB.ni tashkil etadi. Gadjetga bir qancha sensor va ilg‘or jihatlar joriy qilingan.

Mobil aloqa vositasining displey diagonali 5 dyuym, uning piksellar sig‘imi 1280x720 belgi, ya’ni HD sig‘imli. Smartfon ishlab chiqaruvchilarini kameralar bilan ta’minlovchi Sony o‘z mahsulotiga ham sifatli suratga olish tizimini joriy qilgan ko‘rinadi. Sony Pikachu gadjetining bosh kamerasi 21 MP, old kamera sig‘imi 7 MP. Kamera avtofokus, qiyofani aniqlash funksiyalariga ega. Batafsil ma’lumotlarni joriy oy oxirida o‘tadigan anjuman chog‘ida bilib olamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.