G‘ilofchi kompaniya Google’ning Pixel 2 va Pixel 2 XL smartfonlari dizaynini oshkor etib qo‘ydi

G‘ilofchi kompaniya Google’ning Pixel 2 va Pixel 2 XL smartfonlari dizaynini oshkor etib qo‘ydi

Smartfonlar uchun g‘iloflar ishlab chiqaruvchi Olixar kompaniyasi Google Pixel 2 qurilmasi dizaynini muddatidan avval oshkor etib qo‘ydi.

Qurilmaning tegishli render suratlari g‘iloflarni oldindan buyurtma qilish sahifasida paydo bo‘lgan, deya xabar bermoqda ITC.ua.

Tasvirlardan kelib chiqib qilinsa, Googe Pixel 2 smartfonining yon chekkalari nisbatan ingachkalashgani, karnaylar panjarasi nisbatan kattalashganini payqash mumkin.

Qurilma so‘nggi vaqtlarda urf bo‘lgan qo‘shkamerali emas, an’anaviy ravishda – bir kamerali. Aftidan, Google kompaniyasi Pixel 2 smartfonida 3,5 millimetrli ovoz teshigidan voz kechganga o‘xshaydi.

Qayd etish joiz, MobileFun saytida Google Pixel 2 va Pixel 2 XL smartfonlari uchun mo‘ljallangan g‘iloflarni oldindan buyurtma qilish mumkin. Ularning narxi mos ravishda 5,59 va 8,95 yevro.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!