Gionee 2K ekranli va katta batareyali smartfon tayyorlamoqda

Gionee 2K ekranli va katta batareyali smartfon tayyorlamoqda

Xitoyning Weibo mikroblogida hali taqdim etilmagan Gionee M2017 smartfoniga tegishli suratlar paydo bo‘ldi.

Smartfon 2017 yilda taqdim etiladi. Android Pure saytida berilgan xabarga ko‘ra, Gionee M2017 flagmanga xos texnik parametrlarga ega: u 2K aniqligidagi 5,7 dyuymli ikki tomoni qayirma ekran, 6 GB operativ, 128 GB doimiy xotira va asosiy qo‘sh kamera bilan jihozlangan. Qo‘sh kamerada 12 va 13 Mpli sensorlar joylangan, old kameraning aniqligi 8 MP. Eng qizig‘i, Gionee M2017 kuchli batareya bilan (7000 mA/soat) bilan quvvatlangan.

Gionee-M2017-display Gionee-M2017-back

Hozircha modelga o‘rnatiladigan protsessor haqida ma’lumot mavjud emas. Biroq taxminlarga ko‘ra, unga SoC MediaTek chipseti qo‘yilishi mumkin. Gadjetning taqdimot sanasiga aniqlik kiritilmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.