Gionee A1’ning “eng yaxshi kamerafon” bo‘lishi kutilmoqda

Gionee A1’ning “eng yaxshi kamerafon” bo‘lishi kutilmoqda

Xitoyning Gionee kompaniyasi MWC 2017 Jahon Mobil Kongressida o‘zining A1 va A1 Plus flagman smartfonlarini taqdim qilmoqchi. Kompaniya OAV va jamoatchilik vakillariga taklifnomalar yo‘llamoqda. Tadbir 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Gionee A1 smartfoni surati va uning narx-navosi insayderlar tomonidan allaqachon e’lon qilingan edi.

Devays o‘rta narxli smartfonlar oilasiga tegishli bo‘lib, uning 8 yadroli MediaTek protsessori 1,8-GGs chastota tezligida faoliyat ko‘rsatadi. Gionee A1 ekran diagonali 5,5 dyuymli bo‘lib, sig‘imi Full HD (1920 × 1080). Ekran 2.5D Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

Smartfon 4 Gbayt operativ xotira, 64 Gbayt doimiy ichki xotira, barmoq izlari skaneri bilan ta’minlangan. Smartfonda xotirani kengaytirish imkonini beradigan microSD bo‘lmachasi bor, u 128 Gbayt.gacha bo‘lgan kartalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Gadjet quvvat toshining sig‘imi 4010 mA·soat. “Aqlli telefon”ni tezkor quvvatlash mumkin. Aloqa vositasi yangi Android 7.0 Nougat operatsion tizimining o‘zlashtirilgan Amigo OS talqinida ishlaydi.
Uning bosh kamerasi sensori 13 Mp. Old selfi kamera esa o‘zini suratga olishni xush ko‘radiganlarni xursand qiladi: 16 Mp! Gionee A1 telefonidagi infraqizil port orqali uydagi boshqa elektronika vositalarini boshqarish mumkin.

Uning A1 Plus talqini yanada ilg‘or jihat, jumladan qo‘sh ko‘rinishdagi bosh kamera va kattaroq ekranga ega bo‘ladi. 15 martdan sotuvga chiqadigan Gionee A1’ning narxi talqinidan kelib chiqib 250-336 AQSh dollarini tashkil etishi kutilmoqda.

Xitoyning Gionee Communication kompaniyasiga 2002 yilning sentyabr oyida $12 million dollarlik investitsiya bilan asos solingan. $250-450 dollar narxidagi gadjetlari bilan taniqli kompaniya yiliga 50 million dona smartfon ishlab chiqarish salohiyatiga ega.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.