Gionee ilk arzon smartfon turkumini taqdim qildi

Gionee ilk arzon smartfon turkumini taqdim qildi

Xitoyning Gionee kompaniyasi Gionee X1 nomli ilk hamyonbop smartfon turkumini e’lon qildi. Texnik jihatdan yangi turkum boshqa arzon smartfonlardan biror farqli jihatga ega emas.

Gionee X1 5 dyuymli HD ekran, "kamtarin" MediaTek MT6737 protsessori, 2 Gb "operativka" va 16 gigabaytli flesh-xotira, 8 Mp bosh va 8 megapikselli "frontalka", infra-qizil port, barmoq izlari skaneri, 3000 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorga ega bo‘lgan. Smartfon  Android 7.0 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Gionee X1 o‘lchamlari: 144,3 x 72,2 x 8,8 mm.

Gionee X1 $135 dollar bahosida sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!