Gitara chalishni o‘rgatadigan gadjet yaratildi

Gitara chalishni o‘rgatadigan gadjet yaratildi

FretX nomli fransuz startapi gitara chalishni o‘rgatadigan aqlli gadjetni ishlab chiqdi, deb yozmoqda hi-tech.mail.ru. Gadjet har qanday 6 ta torli cholg‘u asbobiga mos tushishi mumkin. Hozirda Indiegogo platformasida loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ yig‘ib bo‘lingan.

Gadjet atayin o‘naqaylar va chapaqaylarga moslashtirilgan bo‘lib, ma’lumotlarni smartfondan Bluetooth orqali qabul qiladi. Kompozitsiyadagi ijro qilinishi kerak bo‘lgan akkordlarni bildirish uchun grifada qizil va ko‘k diodlardan foydalaniladi. Batareyasi taxminan 48 soatga yetishi ma’lum qilingan. Gadjetning mobil ilovasida 93 akkorda chalinadigan minglab kompozitsiyalar o‘rin olgan.

Gadjetning narxi 49 dollar, 2017 yilning may oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!