GITEX 2015 ko‘rgazmasi: robokop va interaktiv bekat

GITEX 2015 ko‘rgazmasi: robokop va interaktiv bekat

BAAning Dubay shahrida boshlangan GITEX 2015 texnika yangiliklar ko‘rgazmasi boshlandi. Ko‘rgazmada rang-barang texnika yangliklari namoyish etilmoqda.

Unda tomoshabinlarga robot-politsiyachi—robokop taqdimot qilindi. Robokob mustaqil ravishda ishlash qobiliyatiga ega. Shuningdek, u 6 ta tilda gapira oladi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad Dubay ko‘chalarida yoki savdo majmualarida sayyoxlarga yordam berish, deydi mutasaddilar.

Qayd etish joizki, bunday turdagi robopolitsiyachilarni seriali ishlab chiqarish 2017 yildan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

GITEX 2015 ko‘rgazmasida, shuningdek, yangi avtobus bekati ham namoyishga qo‘yildi. Mazkur bekatlarning har birida telefonni quvvatlantirish uchun maxsus port, bepul internet, kofe, choy yoki salatlar sotib olish imkonini beruvchi mini-kafe ham mavjud.

BAA hukumati mamlakatga tashrif tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Dubay shahridagi 100 ta avtobus bekatiga tekin Wi-Fi tizimi o‘rnatilgan.

BAA Yo‘l va transport vazirligi xabarlarida yozilishicha, joriy yilning dekabr oyidan boshlab 50 ta interaktiv avtobekat tayyor bo‘ladi. U yerda siz avtobus kelguniga qadar kofe yoki choy ichib, yengil tamaddi qilishingiz, internetdan bepul foydalanishingiz mumkin.

BAA hukumati shaharning eng gavjum 100 ta nuqtasida kelasi yilning yanvar oyidan boshlab ana shunday avtobekatlar quradi.

Kelgusida esa ana bunday yangi bekatlardan mobil telefon hisobini to‘ldirish, kommunal to‘lovlar to‘lash, aviachiptalar buyurtma qilish imkonini beruvchi interaktiv magazin ham joy oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!