GlassWire – Android’da internet-trafikni kuzatuvchi dastur

  •   DiMaX
  •  2629
  •  10.04.2017 10:48

GlassWire – Android’da internet-trafikni kuzatuvchi dastur

Bilsangiz kerak – Android’ning o‘zidagi trafik monitoringi funksiyasi faqat eng umumiy ma’lumotlarni ko‘rsatadi – trafikni ishlatayotgan dastur nomi va yuklangan megabayt miqdorini.

Agarda sizga shu internet-trafik aynan nimalarga sarflanayotganini bilish muhim bo‘lsa, unda GlassWire dasturini olib o‘rnatishni tavsiya etamiz. U har qanday dasturning internetdan foydalanayotganligini shu vaqtning o‘zida – real vaqt rejimida kuzatib bora oladi.

GlassWire nafaqat mobil tarmoq, balki  Wi-Fi orqali foydalanilayotgan internetni ham hisoblab turadi. Hatto ayrim ilovalar qisqa muddatga ozgina trafik ishlatsa ham, GlassWire buni qayd etadi. Ayrimlarining fon rejimida internet orqali qandaydir ma’lumotlar oldi-berdi qilayotganini ko‘rib hayron qolishingiz mumkin.

Real vaqt rejimida trafik tahlilidan tashqari, GlassWire ma’lum bir vaqt – kun, oy, yil davomidagi ma’lumotlar uzatish statistikasini ham ko‘rsatadi. Shuningdek, tarmoq orqali qilingan eng muhim ishlar qayd etilgan log ham yuritiladi.

Internet-provayder taqdim etgan trafik limitidan ortiq ishlatib qo‘ymaslik uchun, GlassWire dasturida tarifingizni ko‘rsatib qo‘yishingiz mumkin. Megabaytlar miqdori o‘sha chegaraga yaqinlashganida, mazkur ilova sizga bu haqda xabar beradi. Shu yo‘l bilan siz o‘z limitingizdan ortiq internet ishlatishni cheklab qo‘ysangiz bo‘ladi.

Bulardan tashqari, GlassWire’dan qo‘shimcha xavfsizlik jihozi sifatida ham foydalanish imkoni bor. Ya’ni, agarda o‘zingizga notanish ilovalar muntazam tarzda internet orqali ma’lumot uzatayotgan va qabul qilayotgan bo‘lsa, GlassWire orqali aniqlab, uni o‘chirib tashlashingiz mumkin.

Nihoyat eng yoqimli jihati – GlassWire bepul bo‘lsa ham ichida reklamasi yo‘q, Android 4.4 va undan keyingi tizimlarda ishlay oladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!