Gmail akkauntni o‘chirish va qayta tiklashni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  44844
  •  25.01.2018 18:04

Gmail akkauntni o‘chirish va qayta tiklashni bilasizmi?

Hozirgi kunda turli servislarda akkauntlardan foydalanamiz, jumladan, ko‘pchiligimizning Google akkauntimizdagi pochtamiz mavjud. Agarda biror sababga ko‘ra Gmail akkauntingizni o‘chirish kerak bo‘lib qolsa, quyidagi tavsiyalarimiz qo‘l keladi. Shuningdek, ma’lum bir vaqt oralig‘ida bu akkauntni qayta tiklash ham mumkin.

O‘QING: Gmail’dagi fayllaringizni topish uchun qulay kengaytma – Dittach

Gmail akkauntni o‘chirib tashlash

  • Google akkauntlarni boshqarish markaziga o‘ting.
  • Ekranning yuqori o‘ng burchagidagi «Kirish» («Voyti») tugmachasini bosib, o‘z akkauntingizga kiring.
  • Akkaunt sozlamalariga o‘ting.
  • Sahifaning pastrog‘ida «Servislarni o‘chirish» («Udalit servisi») tugmachasini topib, uni bosing.
  • Akkauntingiz parolini yana bir marta kiriting.
  • Gmail belgichasi ro‘parasidagi korzinka belgisini tanlang.
  • Sizga, bu harakatingizni tasdiqlash uchun Gmail bilan bog‘lanmagan boshqa pochtangizga xat yuborishni taklif etishadi.
  • Gmail akkauntingizni o‘chirish uchun, o‘sha pochtangizga borgan havola orqali o‘ting.

Shunday qilib, Gmail akkauntingiz o‘chirildi, Google akkauntingizga esa endi o‘sha – uni o‘chirishni tasdiqlash xati yuborilgan pochtangiz orqali kiraverasiz.

Gmail akkaunti va Google’ning boshqa servislarini o‘chirish

  • Google akkauntlarni boshqarish markaziga o‘ting.
  • Ekranning yuqori o‘ng burchagidagi «Kirish» («Voyti») tugmachasini bosib, o‘z akkauntingizga kiring.
  • Akkaunt sozlamalariga o‘ting.
  • Sahifaning pastrog‘ida «Akkaunt va ma’lumotlarni o‘chirish» («Udalit akkaunt i dannie») tugmachasini topib, uni bosing.
  • Akkauntingiz parolini yana bir marta kiriting.
  • «Akkauntni o‘chirish» («Udalit akkaunt»)ni bosing.

O‘chirilgan Gmail akkauntini qayta tiklash

Gmail akkauntingizni o‘chirganingizdan keyingi yetti kun mobaynida fikringiz o‘zgarib qolsa, uni qayta tiklash imkoni bor. Buni esa quyidagicha amalga oshirasiz:

  • Akkauntni tiklash sahifasiga kiring.
  • Pochta manzilingiz yoki unga biriktirilgan telefon raqamingizni kiriting.
  • «Akkauntni tiklashga urinish» («Popitatsya vosstanovit akkaunt») tugmachasini bosing.
  • Akkauntingiz parolini tering.

Agarda ma’lumotlarni saqlash muddati tugamagan bo‘lsa, akkautingiz qayta tiklanadi.

O‘QING: Gmail’ni buzishning yangi usuli tarqaldi