Gmail pochtasi Windows XP va Vista versiyalarida ishlashni to‘xtatadi

Gmail pochtasi Windows XP va Vista versiyalarida ishlashni to‘xtatadi

2017 yilning 8 fevralidan boshlab Gmail onlayn pochtasining interfeysi Chrome brauzerining eski versiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi haqida ogohlantiruvchi xabarni chiqarishni boshlaydi. Ushbu pochtaning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun Chrome brauzerini 55 versiyagacha yangilash talab etiladi. Bu xavfsizlikni oshirish bilan bog‘liq qator sabablar bilan aloqador, deb xabar bermoqda G Suite blogi.

Afsuski, yuqoridagi holat  Windows XP va Vista versiyalari uchun to‘g‘ri kelmoqda. Bunga sabab Microsoft ushbu versiyalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan bo‘lib, ular uchun Chrome 49 versiyasidan so‘ng dastur yangilanishi chiqarilmagan.

OT va brauzerni yangilamagan taqdirda ham, pochtadan qariyb shu yilning oxiriga qadar foydalanish mumkin bo‘ladi. Biroq dekabr oyidan boshlab servis Windows XP va Vista foydalanuvchilarini interfeysning oddiy HTML-variantiga o‘tkazishni boshlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!