Google 2016 yilda xakerlarga 3 mln dollar gonorar to‘ladi

Google 2016 yilda xakerlarga 3 mln dollar gonorar to‘ladi

Google 2016 yilda internet-resurslar xavfsizligi bilan bog‘liq xatoliklarni aniqlagan xakerlarga jami 3 mln dollar miqdorida mukofot puli to‘ladi, deb xabar bermoqda rb.ru sayti.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu dasturda yil davomida 59 ta mamlakatdan jami 350 nafardan ortiq dasturchilar qatnashgan. Taqdim etilgan eng yirik alohida gonorarning miqdori 100 ming AQSh dollarini tashkil etgan, shuningdek, 130 ming dollar hajmidagi mablag‘ xayriya ishlariga sarflangan.

Google tomonidan o‘tgan yilda to‘langan jami gonorar miqdori 2015 yilga nisbatan 50 foizga (2 mln), 2014 yilga nisbatan esa ikki baravarga ortgan. Bunga sabab 2016 yilda kompaniya Android operatsion tizimida aniqlangan bag va zaifliklarni aniqlash bo‘yicha dasturni yo‘lga qo‘yganidir. Ushbu dastur doirasida to‘langan eng yirik gonorarning summasi 200 ming dollardan iboratdir.

Google bunday yo‘nalishda katta mablag‘ sarflaydigan yagona kompaniya emas. O‘tgan yilning oktyabr oyida Facebook xatoliklarni aniqlashga yordam bergan dasturchilarga jami 5 mln dollar miqdorida gonorar to‘lagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!