Google 4 oktyabrda Andromeda nomli operatsion dasturni taqdim etishi mumkin

Google 4 oktyabrda Andromeda nomli operatsion dasturni taqdim etishi mumkin

AQShning Google kompaniyasi 4 oktyabr kuni bir qator yangi mahsulotlarini ommaga namoyish qiladi. Ularga yangi seriyadagi Pixel smartfonlari, Android Nougat versiyasining qo‘shimcha  imkoniyatlari, smart-ruter Google Wi-Fi qurilmasini kiritish mumkin. Shuningdek, kompaniya vitse-prezidenti Xiroshi Lokxeymer tomonidan e’lon qilingan tvitga ko‘ra, 4 oktyabrda Google Android va Chrome OS operatsion tizimlari gibridini namoyish etishni ham rejalashtirgan. Hozircha yangi operatsion tizim Andromeda nomi bilan yuritilmoqda va u keyingi yilda so‘nggi formatda ishga tushiriladi.

Android va Chrome OS operatsion tizimlari birlashuvidan yaratiladigan yangi dastur haqida ko‘pdan beri turli taxminlar beriladi. Sababi Android dasturi kodlarida Chrome OS operatsion tizimi fragmentlarining paydo bo‘lishi “yashil robot” funksiyalarini keskin oshirib, uni turli mobil qurilmalar, jumladan, noutbuk-transformerlarga ham qo‘llash imkoniyatini taqdim qiladi. Yangi dasturning debyuti bilan bog‘liq ma’lumot ommabop The Wall Street Journal nashri tomonidan ham tasdiqlangan. Barcha tafsilotlarga 4 oktyabrda oydinlik kiritiladi Kutamiz, bu safar qidiruv giganti nima yangiliklarni havola etar ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!