Google 4-oktyabrda Pixel va Pixel XL smartfonlarini rasman taqdim etadi

Google 4-oktyabrda Pixel va Pixel XL smartfonlarini rasman taqdim etadi

Google kompaniyasi 4-oktyabr kuni San-Fransisko (AQSh, Kaliforniya) shahrida Pixel va Pixel XL smartfonlarining taqdimotini o‘tkazadi. Shu maqsadda kompaniya madeby.google veb-saytini ishga tushirib, yangi telefonlarga qarashli tizerlarni unga joylagan. Saytning nomiga qarab endilikda qidiruv giganti boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda tayyorlangan qurilmalarni o‘z brendi ostida pozitsiyalashini taxmin qilish qiyin emas.

Bu galgi yangi Pixel va Pixel XL smartfonlari Tayvanning HTC kompaniyasi tomonidan Google’ning to‘liq nazorati ostida yaratiladi.

5P3RsFtvyvWz1z0fJZhFz0xGk8fXlZeM0dEz2Tvn38LTI4CFfP0Jm546MWmyXc7j1sivZJj4l9qRLPZNSnU

Kuni kecha saytimizda Pixel va Pixel XL modellariga qarashli ba’zi suratlar va texnik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida xabar bergan edik. Birinchi smartfonga 5 dyuymli ekran o‘rnatilsa, ikkinchisi yirikroq – 5,5 dyuymli displeyga ega bo‘ladi.

Google yangi Pixel smartfonlariga bag‘ishlangan saytda bir nechta, ehtimol, aynan mazkur telefonlar kamerasidan olingan suratlarni ham joylagan. Pixel va Pixel XL yangi Sony IMX378 sensorli 12 MPli asosiy va Sony IMX179 sensori bilan jihozlangan 8 MPli old kameralarga ega bo‘ladi.

5P3RxSTuVldoZwDirhgdwGtvvGGPE5MKyxdGHCz1dxV8rz0GJPpRv6Amx3fVCVeZp

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 5-dyuymli va 32 GB doimiy xotiraga Pixel telefoni taxminan 649 dollar narxida sotuvga chiqarilishi mumkin. Agar ushbu ma’lumot aniq bo‘lsa, yangi Google telefonlari narx segmentida boshqa kompaniyalarning flagmanlariga tenglashib oladi.