Google akkauntingizga kira oladigan dasturlarni aniqlash va ularni cheklash

  •   DiMaX
  •  1903
  •  05.05.2018 18:15

Google akkauntingizga kira oladigan dasturlarni aniqlash va ularni cheklash

Android tizimli mobil qurilmadan yoki Gmail pochtasidan, umuman olganda – Google servislaridan foydalanayotgan kishi o‘z akkauntini himoyalashga ham e’tibor berishi lozim. Zero, siz ishlatadigan har xil ilovalar akkauntingiz orqali sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni olishi va ulardan turli maqsadlarda foydalanishi mumkin.

O‘QING: Gmail’ni buzishning yangi usuli tarqaldi

Google akkauntingizga qaysi ilovalar kira olishini aniqlash hamda ularning bu ruxsatini cheklash esa quyidagi usulda amalga oshiriladi.

  1. Akkauntingizni boshqarish sahifasiga o‘ting, u https://myaccount.google.com manzilida joylashgan.

  1. Shu yerdagi «Xavfsizlik va kirish», ya’ni «Bezopasnost i vxod» bo‘limiga o‘tib, «Akkauntga ruxsati bor ilovalar» – «Prilojeniya, u kotorix yest dostup k akkauntu» varaqasini oching.

  1. Bu yerda taklif etilgan havola orqali ilovalarni boshqarish sahifasiga o‘ting. Akkauntingizga kira oladigan dasturlar ro‘yxati chiqadi, ulardan keraksizlarini cheklashingiz mumkin. Buning uchun o‘sha ilova nomidan chap tomonda joylashgan o‘chirish tugmachasini bosib, so‘ng tasdiqlab yuborsangiz kifoya.

Bo‘ldi, endi ortiqcha qiziquvchan ilovalar Google akkauntingizga kira olmaydi.

O‘QING: Virtual hayotingizni shifrlashning 7 usuli

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!