Google Android 12 uchun o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan muhim funksiyalarni tayyorlamoqda

Google Android 12 uchun o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan muhim funksiyalarni tayyorlamoqda

Google o‘yin va ilova yaratuvchilarga bir nechta takomillashgan funksiyalardan foydalanish va doimiy ravishda turli xil o‘yin yaratuvchi programmalar o‘rtasida almashinuvsiz o‘zlarining ish jarayonlarini soddalashtirishga imkon beruvchi Android Game Development Kit dasturini e’lon qildi.

O‘QING: Google va nihoyat Android'ga iPhone'ning eng zo‘r xususiyatini taqdim etadi
Shuningdek, yangi Android 12 tizimi endi foydalanuvchilar o‘yinni yuklab olinyotgan vaqt ularga yuklab olinyotgan o‘yinni o‘ynashga imkon berishi aytib o‘tildi.

Bu, ayniqsa, katta hajmdagi o‘yinlar uchun foydalidir. Ushbu xususiyat Blizzard'ning Battle.net va EA'ning Origin Access kabi ba’zi o‘yin platformalarida mavjud. Shunday qilib, ushbu xususiyat Google Play Store'dan foydalangan holda Android telefonlarida amalga oshirilayotganini ko‘rish juda yoqimli. Biroq, funksionallik faqat Play Asset Delivery tizimidan foydalanadigan o‘yinlarda mavjud bo‘ladi.

Bundan tashqari, ba’zi funksiyalar o‘yin yaratuvchilariga CPU va GPU ishlashini kuzatish orqali o‘z o‘yinlarining ish faoliyatini kuzatib borishlariga imkon beradi. Agar yaratuvchilar o‘z foydalanuvchilari uchun telemetriyani yoqishga qaror qilsalar, buni Android Performance Tuner yordamida amalga oshirishi mumkin.

O‘QING: Android-flagmanlardagi ilg‘or opsiya, nihoyat, iPhone 13 turkumiga ham qo‘shiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!