Google Android’dagi kamchiliklarni topgan xakerlarga mukofot puli to‘laydi

Google Android’dagi kamchiliklarni topgan xakerlarga mukofot puli to‘laydi

Google kompaniyasi Android’dagi yirik kamchilik va nosozliklarni aniqlagan xakerlarga yirik miqdordagi mukofot pullarini to‘lash maqsadida. Kompaniya tomonidan e’lon qilingan mazkur tanlovga  Project Zero Prize nomi berilib, uning umumiy mukofot fondi 350 000 AQSh dollarini tashkil etadi (1-o‘rin: $200 000, 2-o‘rin: $100 000 va 3-o‘rin: $50 000).

Tanlov Google’ning dasturdagi kritik muammolarni aniqlash va hujjatlash ishlariga javob beradigan Project Zero jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan.

Ishtirokchilardan Android’dagi kuchsiz himoyaga ega joylar yoki baglar zanjirini topish talab etilgan. Bunday cheklov osonlik bilan mukofot puli olishni biroz qiyinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, asosiy sovrinni hech kim egallamasligi ham mumkin. Ishtirokchilar tadqiqot natijalarini hisobot ko‘rinishida avval Google’ga, undan keyin esa batafsil hisobotni  Project Zero bo‘limiga jo‘natishlari so‘ralgan. Tanlovga 6 oy vaqt ajratilganyu

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!