Google Assitant, Alexa, Siri, Cortana, Bixby. Innaykeyin-chi?

Google Assitant, Alexa, Siri, Cortana, Bixby. Innaykeyin-chi?

BBC korporatsiyasi keyingi yili o‘zining elektron ovozli yordamchisini taqdim qilmoqchiligini ma’lum qildi.

Bu apparat ta’minotiga ega yordamchi emas, balki barcha aqlli karnay va televizorlar hamda mobil qurilmalarda ishlovchi yordamchi sifatida yaratilmoqda.

Ovozli yordamchi "Bib" so‘zi bilan ishga tushirishini dasturlash rejalashtirilmoqda. Biroq BBC vakilining aytishicha, bu hozircha faqat ishchi so‘z bo‘lib, o‘zgartirilishi ham mumkin.

Butun Britaniya bo‘ylab istiqomat qiluvchi BBC xodimlari dasturga turli aksent va shevalarni tanitishga yordam berish uchun o‘z ovozlarini yozdirishga taklif qilingan.

Texnologik analitikaga ixtisoslashgan CCS Insight kompaniyasi tahlichisi Ben Vud (Ben Wood) bu yangilikdan hayratlanganlardan.

U ovozli yordamchilar faoliyat yuritayotgan Google, Amazon va Apple kabi texnogigantlar bilan raqobatga kirishish BBC uchun oson kechmasligi haqidagi fikrlarini ham yashirib o‘tirmadi.

Canalys firmasi hisobotiga ko‘ra, 2019 yil ikkinchi choragida Xitoyning Baidu kompaniyasi va Amazon'ning aqlli karnaylar global bozoridagi qo‘shma ulushi 43% ni tashkil etdi.

BBC'ga o‘xshash kompaniyalar ovozli yordamchilarda shevalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun o‘ta katta miqdorda mablag‘ sarflashi mumkin, lekin baribir, bu borada muammoga duch kelishadi, deydi Vud.
U, shuningdek, yordamchini ishga tushiruvchi so‘z borasida ham o‘z tanqidiy fikrlarini o‘rtoqlashdi.
"Odatda, [ovoz] identikifatsiya[si] aniq bo‘lishi uchun ovozli assitentlarda ko‘p bo‘g‘inli so‘z yoki jumlalardan foydalaniladi: "Aleksa" yoki "Hey, Google" kabi. "Bib" so‘zi o‘zini oqlamaydi, deb o‘ylayman", deydi u.

BBC esa tadqiqotlar jarayonida bu so‘z bilan yaxshi natija olingani, biroq bu oxirgi qaror emasligini ma’lum qildi.

Kompaniya o‘z yordamchisiga ega bo‘lishi unga yangi dastur, funksiya va amaliyotlar ustida — boshqalarning ruxsatiga qarab o‘tirmasdan — tajribalar o‘tkazishga imkon berishini ham aytib o‘tdi.

"Xuddi BBC iPlayer bilan bo‘lgani kabi, hammaning ushbu yangi texnologiyadan manfaat ko‘rishini, insonlarga yangicha kontent, dastur va xizmatlarni ishonchli va foydalanishga qulay usulda taqdim qilishni xohlaymiz. Bu ovozli buyruqlarga to‘la istiqbolda ommaviy xizmat ko‘rsatish qadriyatlar himoyasini kafolatlashda yana bir qadamdir", deydi kompaniya vakili.

O‘QING: "Okay, Google", "Eng yaxshi ovozli yordamchi qaysi"?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!