Google boshqaruvchisiz avtomobillar xizmatini yo‘lga qo‘yadi

Google boshqaruvchisiz avtomobillar xizmatini yo‘lga qo‘yadi

Amerikaning Google kompaniyasi 2016 yilda Alphabet Inc. xolding doirasida avtonom avtomobillarni ijaraga berishning alohida tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqida kompaniyaning rasmiy manbasiga tayanib xabar beradi Bloomberg.

Google o‘ziyurar transport qurilmasi  Texasning Ostin, shuningdek, San-Fransisko shahri yo‘llari bo‘ylab jami 1 million mil (1,6 million kelometr) yo‘l bosib o‘tgan. Ma’lumotlarga qaraganda, xizmat ko‘rsatish bazasi ham aynan shu yerda quriladi.

Avtopark o‘z ichiga yirik va kichik mashinalarni qamrab oladi. O‘zyurar transport vositasi, xavfsizlik va amaldagi qoidalarga muvofiqligi nuqtai nazaridan, yopiq hududlarda harakatlanadi. Masalan, turli kompaniya va kollejlar maydoni, harbiy bazalar hududi va hakazo. Google kompaniyasi hozircha bu haqida izoh bermagan.

Google Auto nima?
Boshqaruvchisiz Google avtomobili – bu kompaniyaning transport vositalarini avtonom tarzda boshqarish turkumidagi loyihasi. Tizimda Google Street View xizmati, avtomobil tomiga o‘rnatilgan datchik-lidar, uning old qismiga joylangan radar, shuningdek, avtomobilning orqa g‘ildiraklaridan biriga joylashtirilgan, uning xaritadagi holatini aniqlab beruvchi datchik ham mavjud.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!