Google Drive: elektron omborxona foydalanuvchilar uchun yanada qulay

Google Drive: elektron omborxona foydalanuvchilar uchun yanada qulay

Dunyo miqyosida 1 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega Google Drive ma’lumotlarni saqlash diski elektron hujjatlar bilan ishlash va ishni tashkil etishda yaqin ko‘makchi. Ammo fayllar soni ko‘paygani sayin ularni izlab topish va saralash ham qiyinchilik tug‘diradi. Endi siz elektron ombordagi 15 GB sig‘imga ega xotirani osonlik bilan boshqarasiz, kerakli faylni tez topish imkoniga ega bo‘ldingiz. Bu to‘g‘rida Google Drive blogi 14 yanvar kuni e’lon qildi.

Bundan keyin faylni qidirayotgan foydalanuvchiga o‘ng tomon yuqori burchakda joylashgan “instrumentlar paneli”dagi “Move” (ko‘chirish) ishorasi diskda mavjud ma’lumotlar jamlanmasini boshqa joyga ko‘chirishga yordam beradi. Shuningdek, “Add to My Drive” (diskka fayl qo‘shish) ishorasi foydalanuvchiga fayllarni oson yuklab olishga ko‘maklashadi.

Fayllarni ko‘zdan kechirish asnosida sahifa yuqorisida, qora rangli vositalar panelidagi yangi ishora foydalanuvchiga “Mening diskim” bo‘limidagi xohlagan jildga fayl qo‘shish imkonini beradi.

So‘nggi yangilik bu qidiruv natijalari bilan bog‘liq. Diskda biror faylni qidirish asnosida xohlagan faylni bir jilddan boshqa bir jildga osonlik bilan tashlash mumkin bo‘ldi. Shuningdek, dasturda saralash funksiyasi, jild yoki ma’lumotlarni sahifaning o‘zidan olib, Gmail elektron pochtasining “Jo‘natish” oynasiga joylashtirish imkoniyatlari allaqachon mavjud edi.

Google Drive sahifasi fayllarni elektron pochta orqali kimgadir jo‘natishga hojat qoldirmaydi. Elektron fayllarni saqlash diskida fayl va jildlarni ularning egalari tomonidan tanlangan foydalanuvchilar ko‘rishi, tahrir qilib, yuklab olishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!