Google Drive endi Android 4.0 versiyasida ishlamaydi

Google Drive endi Android 4.0 versiyasida ishlamaydi

Google Drive xizmatining kuni kecha chiqarilgan dastur yangilanishi uning Android 4.0 versiyasida ishlashini cheklaydi. Ushbu xizmat rutlanmagan barcha Android qurilmalarning dasturiga avvaldan o‘rnatilgan bo‘ladi va Google’ning asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Google Play’dan olingan so‘nggi rasmiy axborotga ko‘ra, jahondagi 1,6 % smartfonlargina Android 4.0 Ice Cream Sandwich versiyasida ishlar ekan. Shu bois Google uning mazkur versiyadagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan.

Google Drive xizmatiga tegishli so‘nggi dastur yangilanishida turli xatoliklar bartaraf qilinib, bir nechta foydali funksiyalar tatbiq etilgan. Endi xizmatning so‘nggi versiyadagi ilovasida bulut xotirasida saqlanayotgan fayllarni smartfon ekraniga yorliq qilib qo‘shish mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar onlayn xotira maydonini ilovaning ichidan turib kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!