Google Drive servisining veb-versiyasida endi ovozli buyruqlardan foydalanish mumkin

Google Drive servisining veb-versiyasida endi ovozli buyruqlardan foydalanish mumkin

Google Drive foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlarni bulut xotirasida saqlaydigan servis hisoblanadi. Albatta, bunday xotiralarda ko‘plab fayllarni saqlash mumkin. Ammo ba’zida kerakli faylni ko‘plab saqlangan materiallar orasidan topib olish oson bo‘lmaydi, buning uchun biroz vaqt va harakat zarur.

Endilikda servisning veb-versiyasida fayllarni qidirish va boshqarish uchun ovozli buyruylardan foydalanish mumkin. Google Disk servisiga tabiiy ovozlarni qayta ishlaydigan Natural Language Processing texnologiyasi joriy etilgan. Masalan, endi servisda o‘tgan yilgi taqdimot fayllarini topish uchun kerakli ovozli buyruqni aytish kifoya.

Google kompaniyasining ma’lumot berishicha, bundan buyon mazkur funksiya takomillashtirilib boriladi. Ammo, shunday bo‘lsa-da, servisdan ovozni tanish bo‘yicha mukammal natijalarni kutishga hali erta.

Bu galgi dastur yangilinishida Google Drive servisiga qo‘shimcha bir qator (fayl formati o‘zgartirilganda, original versiya avtomatik tarzda saqlanadi, faylni bir necha ustunga bo‘lish) yangi funksiyalar ham tatbiq etilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!