Google endi yo'talingizni ham, xurrak otishingizni ham bilib turadi!

Google endi yo'talingizni ham, xurrak otishingizni ham bilib turadi!

9to5Google nashrining xabar berishicha, Google o'zining yetakchi institutlar bilan olib boriladigan salomatlik tadqiqotlariga asoslangan Google Healt Studies mobil ilovasida Android OS yoki Pixel qurilmalari uchun yo'tal va xurrakni aniqlaydigan funksiya ustida ishlamoqda. Mobil ilovaning Play Store'ga yuklangan so'nggi APK versiyasi dekompilyatsida qilinganida topilgan bir necha qator kodlar kompaniya "Sleep Audio Collection" (Uyqu audio to'plami) o'rganishini olib borayotganini tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqot faqat kompaniya xodimlari uchun bo'lib, yo'tal va xurrakni aniqlaydigan algoritmlar ilova ichida "yotoqxonada monitoringi" deb keltirilgan.

Ushbu tadqiqotda qatnashish uchun siz Android telefoniga ega boʻlgan toʻliq Google xodimi boʻlishingiz kerak. Ushbu tadqiqot uchun zarur bo'lgan atrof-muhit sharoitlari bitta xonada raqobatchi kompaniyada ishlamaydigan va bittadan ko'p bo'lmagan katta yoshli odam bo'lishi kerak.

Google ushbu xususiyatni o'zining "Health Sensing jamoasi foydalanuvchilarga ularning uyqusi haqida mazmunli tushuncha berish maqsadida Android qurilmalariga ilg'or sezish qobiliyatlari va algoritmlarini kiritish ustida faol ishlamoqda" deb tushuntiradi.

Ushbu yo'tal va xurrakni aniqlash xususiyati Android'ga yoki Pixel'ga yoki Google Fit ilovasiga qo'shiladimi hozircha noma'lum.

O'QING: Endi barcha hujjatlaringiz telefoningizda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!