Google eskirgan operatsion tizimlaridan o‘z servislarini uzib qo‘ydi

Google eskirgan operatsion tizimlaridan o‘z servislarini uzib qo‘ydi

Google 2021 yil 27 sentyabrdan Android 2.3.7 Gingerbreadʼdan boshlab Androidning eski versiyalarida ishlaydigan qurilmalari o‘z xizmatlarini to‘xtatdi.

Ushbu versiya foydalanuvchilari endi Google Maps, YouTube va Gmail xizmatlaridagi akkauntlariga kira olishmaydi.

Kompaniya yanada zamonaviy dasturlardan foydalanish uchun Android 3.0 va undan yangiroq versiyalarga o‘tishni tavsiya qilmoqda. Android 2.3.7 da Google xizmatlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, endilikda avtorizatsiya xatosi paydo bo‘ladi.

Shunday qilib, Android 3.0 Honeycomb asosidagi qurilmalarda Google xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash davom etadi. Bu OS versiyasi, Android 2.3.7 kabi, 2011 yilda debyut qilgan, ammo u faqat planshetlarga mo‘ljallangan edi. Smartfonlar uchun Gingerbread dasturidan so‘ng Android 4.0 Ice Cream Sandwich chiqarilgandi.

O‘QING: Ikkita ommabop Redmi smartfoniga MIUI 12.5 Enhanced proshivkasi kelishni boshladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!