Google foydalanuvchilarini hukumat xakerlaridan ogoh bo‘lishga chaqiradi

Google foydalanuvchilarini hukumat xakerlaridan ogoh bo‘lishga chaqiradi

Google rahbariyati so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bir oyda o‘rtacha 4 ming foydalanuvchini  hukumat kiberhujumlaridan ogohlantiradi. Mazkur ma’lumotni kompaniyaning direktorlar kengashi a’zosi Dayan Grin (Diane Greene) 11 iyul kuni Aspen (Kolorado, AQSh) shahrida bo‘lib o‘tgan Fortune texnologik anjumanida taqdim etgan.
Ushbu  texnologik gigant birinchi bo‘lib hukumatlar tomonidan yollangan xakerlar ularning hisob ma’lumotlarini o‘g‘irlashga intilishlaridan foydalanuvchilarni xabardor qilgan edi. Keyinchalik Google ortidan boshqa kompaniyalar ham bu ishni davom ettirdi. Microsoft kompaniyasi bunga misol bo‘la oladi. Har bir necha oyda Google kompaniyasi foydalanuvchilariga o‘n minglab shu kabi mazmundagi bildirishnomalarni yuboradi va bunga javob tariqasida foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarining xavfsizligini kuchaytirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida mazkur texnogigant hukumatlar tomonidan moliyalashtirilgan va Gmail foydalanuvchilarining 1 million hisob qaydnomalariga uyushtiriladigan kiberhujumlar to‘g‘risida xabar tarqatgan edi. Ma’lum qilinishicha, buzg‘unchilar uchun butun dunyo bo‘ylab jurnalistlar va siyosatchilarning akkauntlari katta qiziqish uyg‘otar ekan.

Profil va internet sahifaning xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi foydali maslahatlarga amal qiling.

  1. Har sahifa va pochta xizmati uchun alohida maxfiy kalit so‘zni ishlating.
  2. Har 3-6 oyda maxfiy kalit so‘zni almashtirib turing.
  3. Maxfiy kalit so‘zni katta va kichik harflar, maxsus belgilar, raqamlar ishtirokida shakllantiring.
  4. Tug‘ilgan kun, sevimli ovqat, kino nomlari bilan bog‘liq so‘zlardan kalit so‘z tanlamang.
  5. Turli manbaalardan ma’lumot olish, qiziqarli aksiya yoki so‘rovnomalarda ishtirok etishda maxfiy kalit so‘z va profil ma’lumotlari so‘ralganida, ularni rad eting.
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!