Google’ga egalik qiluvchi Alphabet dunyoning eng serdaromad xoldingiga aylandi

Google’ga egalik qiluvchi Alphabet dunyoning eng serdaromad xoldingiga aylandi

Bir qancha kompaniyalar, jumladan Google’ning ham “ona kompaniyasi” hisoblangan Alphabet xoldingi 1 fevral kuni 2015 yilning so‘nggi choragi va shu yilda olingan daromadlar to‘g‘risida hisobotni e’lon qildi. Bu Google’ning Alphabet tarkibiga kirganidan so‘ng daromadlari haqida bergan ilk moliyaviy hisoboti.

Unga ko‘ra, kompaniyaning yillik daromadi $21.32 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. O‘sish avvalgi yilning shu davriga nisbatan 17.8 foiz. Bu ko‘rsatkich Alphabet’ni jahonning eng serdaromad xoldingiga aylantirdi.

2015 yilda kompaniyaning har bir aksiyasidan ko‘rgan foydasi $8.67 ni tashkil qilgan. Tahlilchi va ekspertlar kompaniyaning $20.77 miqdorida daromad ko‘rishi, aksiyalarning esa $8.09 dan sotilishini taxmin qilishgan edi.

Alphabet’ning $21.178 miqdoridagi  daromadi Google hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni, daromadning 99 foizi Google’ning asosiy loyihalaridan kelib tushgan.

Search qidiruv tizimi, Ads reklama tarmog‘i, Commerce tijorat tarmog‘i, Maps elektron xarita, YouTube videoportali, Apps virtual xizmatlar jamlanmasi va ilovasi, Cloud virtual platformasi, Android operatsion tizimi, Chrome brauzeri, Google Play internet do‘koni kabi loyihalar xoldingning asosiy daromad manbaalari hisoblanadi.

Bugun kompaniya ikki yo‘nalishda faoliyat olib boradi – Google tomonidan olib borilayotgan asosiy loyihalar va Alphabet’ga tegishli “boshqa loyihalar”.

Jumladan, apparat qurilmalari, ya’ni Chromecast, Chromebooks va Nexus kabi qurilmalar savdosidan tushadigan mablag‘lar qo‘shimcha daromad hisoblanadi.

Alphabet 2015 yilda o‘z-o‘zini boshqaruvchi mashina, rivojlanishi past hududlarni havo sharlari yordamida internet bilan ta’minlashga xizmat qilish mo‘ljallangan  Lun loyihasi, elektron kontakt linzalari va boshqa tadqiqot-rivojlantirish loyihalari uchun pul tikib, 3.56 milliard AQSh dollari miqdorida joriy zarar ko‘rgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!