Google: “Gmail’da 99.9% spamlar bloklanmoqda”

Google: “Gmail’da 99.9% spamlar bloklanmoqda”

Google kompaniyasining ma’lum qilishicha, uning Gmail pochta tizimiga tegishli mashinalashgan modellarining spam hamda fishing xatlarini tanib olish aniqligi 99.9 foizga yetgan. Ya’ni, har mingtadan bitta spam bu tizimni aldashga muvaffaq bo‘ladi. Tizim ularni bilgani zahoti o‘chirib, manbaani bloklab qo‘yadi.

Google’ning ma’lum qilishicha, pochta tizimida almashilinayotgan 50-70 foiz xatlarni spamlar tashkil qiladi. Maxsus model Google Safe Browsing deb nomlangan zararli fayllarni aniqlash tizimi bilan ham markazlashgan.

Hakkerlikning fishing turiga mansub xatlarini aniqlash uchun Google tomonidan ixtisoslashgan tizim ishlab chiqilgan. Bu tizim ham avtomatik ravishda xavfsli xatlarni o‘chirib, bloklab qo‘yadi. Bu vaziyatda fishing xatlarining o‘tib ketish imkoni 0.05 foizni tashkil qiladi.

Google pochta tizimiga joriy qilgan yana bir vosita — tadbirkorlarga o‘z ma’lumotlarini himoyalash imkonini beradi. Endi tadbirkor o‘zi hech qachon muloqotda bo‘lmagan odamga xat yozsa, Google xatni yuborishdan oldin jo‘natuvchiga buni eslatadi. Shuningdek, biznes vakillari uchun maxsus filtr hamda himoya tizimlari ishlab chiqilgan.

Shuningdek, foydalanuvchi pochta orqali virus aniqlangan biror elektron manzilga kirmoqchi bo‘lganda, Google foydalanuvchiga zararli manzilga kirishga harakat qilayotganini eslatadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.