Google ham terrorchilikka qarshi kurashga qo‘shiladi

  •   DiMaX
  •  869
  •  19.06.2017 11:10

Google ham terrorchilikka qarshi kurashga qo‘shiladi

Qidiruv giganti endi o‘z resurslaridan ekstremistik mazmundagi materiallarni yo‘qotishga jiddiy kirishadi. Bu xususda Engadget nashri xabar bermoqda.

Nima qilishmoqchi o‘zi?

Eng yirik ijtimoiy tarmoqdan o‘rnak olib, endi Google korporatsiyasi ham terrorchilikka qarshi kurashga bosh qo‘shadi. Bunda qo‘llanadigan usullar ham xuddi Facebook’dagidek bo‘ladi. Ya’ni, ekstremistik ruhdagi materiallarni aniqlash uchun o‘zi o‘rganishga qodir sun’iy ong hamda maxsus moderatorlar guruhi xizmatidan foydalaniladi.

Asosiysi, Google’dagilar ham Facebook xatosini takrorlab – o‘z xodimlarining shaxsiy ma’lumotlarini fosh etib qo‘ymasalar bas. Chunki bu hol korporatsiya uchun ham, uning moderatorlari uchun ham juda katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Internet-gigant o‘zining asosiy e’tiborini eng yirik videoxosting – Youtube’ga qaratmoqchi. Chunki turli terrorchilik tashkilotlari targ‘ibot yoki qo‘rqitish uchun shu saytdan foydalanishmoqda. Shu bois Google o‘zining YouTube Trusted Flagger dasturidagi xodimlar shtatini sezilarli oshiradi va neyrotarmoqni yaxshilashda yanada faolroq ishtirok etadi. Barchaga ko‘rinarli bo‘lmagan videolar o‘chiriladi, ochiqdan-ochiq radikal diniy yoki siyosiy mazmunli yozuvlar esa monetizatsiyadan mahrum etiladi.

Bularning barchasi – hali shunchaki rejalar, amalda esa…

Ehtimoliy muammolar

Bu borada asosiy muammo shundaki, ko‘riladigan choralar yetarli bo‘lmasligi mumkin. Axir, YouTube’ga yuklanadigan videoroliklar hajmining kattaligi bois, ularni nazoratga olish ancha mushkul bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, avval ham Google shubhali kontentga ega kanallar uchun monetizatsiyani cheklagan edi. Shundan keyin servisda yanig qoidalar joriy etilgan, ularda so‘z erkinligiga ham daxl etilgan edi. Shundan so‘ng ko‘pchilik roliklarning formati o‘z sohiblariga daromad keltirmay qo‘ygan va ular o‘z kanallarining formatini yangi qoidalarga moslashtirishgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!