Google imo-ishora tilini og‘zaki nutqqa aylantirish imkonini yaratdi

Google imo-ishora tilini og‘zaki nutqqa aylantirish imkonini yaratdi

Google'dagilarning aytishicha, kompaniya xodimlari tomonidan smartfonlarning imo-ishora tilini tushunib, uni og‘zaki nutqqa aylantira olish imkoni yaratildi.
Biroq Google o‘zining bunday qobiliyatga ega ilovasini yaratmadi, balki boshqa dasturchilar o‘z ilovalarini yaratayotganda foydalanishi mumkin bo‘lgan algoritmlarni taqdim qildi.

Hozirga qadar, ushbu turdagi dasturiy ta’minotning faqatgina kompyuterlarda ishlovchi talqini bo‘lgan.
Eshitish imkoniyati cheklanganlar jamiyati tashviqotchilari ushbu yangilikdan mamnun bo‘lishdi, biroq ularning aytishicha, bu texnologiya uchun imo-ishoraviy suhbatlarning ba’zilarini to‘liq tushunish oson kechmasligi mumkin.

Google tadqiqot muxandislari Valentin Bazarevskiy va Fen Jang joriy texnologiya “imo-ishora tilini tushunishda tamal toshi“ bo‘lib xizmat qilishi uchun bepul taqdim etilganini aytishmoqda. Sun’iy ongda ishlovchi ushbu algoritmlarni yaratishda MediaPipe nomli tasviriy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlik qilindi.
Loyiha vakillaridan birining BBC'ga aytishicha, algoritm tuzuvchilari dasturchilar ushbu texnologiya vositasida qanday yangiliklar yaratishiga qiziqmoqda. “Biz bu texnolgiyani yanada takomillashtirish, barmoqlar harakatini kuzatishni barqarorlashtirish, aniqlanishi mumkin bo‘lgan imo-ishoralarni sonini oshirish uchun izlanishlarimizni davom ettiramiz“, deya qo‘shimcha qilinadi. Google bu yangilik ushbu sohadagi ilk qadam ekanligini aytmoqda.

Biroq ba’zilarning qarshi fikr bildirishicha, og‘zaki nutqni faqatgina qo‘l imo-ishoralariga tayangan holda hosil qiluvchi ilova yuz ifodalari, qo‘l harakati tezligi kabilarni o‘zida aks ettira olmaydi. Bu esa aytilayotgan fikr mazmunini o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuningdek, ma’lum hududdagina mavjud bo‘lgan imo-ishoralarni og‘zaki nutqqa aylantirishning ham iloji bo‘lmaydi.

Action on Hearing Loss tashkilotining texnolgiya bo‘yicha menejeri Jesal Vishnuramning aytishicha, bu tashabbus imkoniyati cheklangan kishilarni eshitishga qaratilgan ilk ajoyib qadamdir, biroq unga boshqa imkoniyatlar ham qo‘shish kerak.
“Kar odam nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, kunlik muloqotga yordam berish va eshita oladiganlar orasida izolyasiyalanib qolishni kamaytirish uchun matn yoki audioni avtomatik ravishda Britan imo-ishora tiliga tarjima qila oladigan dasturiy ta’minot ishlab chiqish foydaliroq bo‘ladi“, deydi u.

Ko‘rinmay qolgan barmoqlar
Hozirga qadar, qo‘l harakatlarini kuzatib, imo-ishoralarni o‘qish jarayonida barmoqlarning bukilishi va bilak harakatlari qo‘lning boshqa qismlari ko‘rinmay qolishiga sabab bo‘lgan. Bu ushbu turdagi dasturiy ta’minotning ilk versiyasi yaxshi ishlashiga halal bergan.

By safar Google barmoqlar, kaft va qo‘lning orqa qismidagi 21 ta nuqtani birlashtirib, grafa hosil qildi. Bu imo-ishora paytida qo‘l bukilsa yoki ikkita barmoq bir-biriga teksa ham, aytilayotgan fikrni o‘qiy olishni osonlashtiradi.

Microsoft

 

AQShning boshqa dasturiy ta’minot yetkazib beruvchi yirik kompaniyalari ham imo-ishora tilini o‘quvchi texnologiyani shaxsiy kompyuterlar uchun yaratishga urinishgan. O‘tgan yili Microsoft audiotiyalarda planshetlardan foydalanib prezentatsiya tarjimoni vositasida eshitish qobiliyati cheklangan talabalarga yordam berish maqsadida Karlar milliy texnika universiteti bilan hamkorlik qilgandi. Bloglardan birida, talabalar ilgarilarilari, ham soqovchaga tarjimon qiluvchi inson tarjimonga, ham doskadagi yozuvlarga e’tibor qaratib, tushuntirilayotgan mavzuning ba’zi qismlarini o‘tkazib yuborganlarini yozishgan. Biroq barcha ma’lumotlarning planshetda ko‘rsatilishi bilan bu muammo o‘z yechimini topdi.

Dunyoning boshqa joylarida ham innovatorlar o‘z texnologiyalarini yaratgan. Masalan, Kenyada 25 yoshli dasturchi qo‘l harakatlarini tarjima qiluvchi sezgir qo‘lqop yaratgan. Qo‘lqop imo-ishoralarni tarjima qilib, Android ilovaga o‘tkazuvchi o‘tkazgan. Ilova esa matnni og‘zaki nutqqa aylantrigan. Roy Allela ismli dasturchi ham o‘zining imkoniyati cheklangan jiyani uchun yuqoridagiga o‘xshash qo‘lqop yaratib, yaqinda Amerika mexanik injinerlari jamiyati tomonidan taqdirlandi.

O‘QING: Endi Google ilovalarida barmoq izi bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.