Google IO 2016: yangilik, natija va rejalar

Google IO 2016: yangilik, natija va rejalar

Google IO 2016 – an’anaviy innovatsiyalar va sarhisob anjumani 18-20 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Google 2008 yildan boshlab may oyida San-Fransisko shahrida dastur yaratuvchilarining an’anaviy konferensiyasini tashkil etadi. “Ochiq innovatsiya” shiori ostidagi anjumanda ochiq kodli veb-texnologiyalarda dasturlar yaratish, kompaniyaning bu bo‘yicha loyihalari muhokama qilinadi.

Anjuman yangi ishlanmalar namoyishi bilan ham ahamiyatlidir.  Misol uchun, Android mobil operatsion tizimining so‘nggi talqini Android 6.0 Marshmallow 2015 yilning may oyida o‘tgan Google IO 2015 anjumani doirasida e’lon qilingan edi. Shuningdek, 2015 yil kompaniya hayotida haydovchisiz avtomobil texnologiyasining taqdimoti, korporatsiya tarkibida yangi Alphabet kompaniyasiga asos solingani bilan ahamiyatlidir.

Tillarga tushayotgan Microsoft’ning yangi mahsulotlari, Apple’ning tobora oshib borayotgan shuhrati Google’ning 2016 yilda ham samarali faoliyat ko‘rsatishini taqozo qiladi. Ushbu va navbatdagi “Google 2016” rukni ostida kompaniyaning bu yilgi rejalari, yangiliklariga oid materiallarni taqdim qilamiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!