Google kompaniyasi Yahoo veb-biznesiga qiziqmoqda

Google kompaniyasi Yahoo veb-biznesiga qiziqmoqda

Bloomberg manbasining axborot manbasiga tayanib xabar qilishicha, Alphabet xoldingi tarkibiga kiruvchi Google kompaniyasi Yahoo veb-biznesini sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqishga hozirlik ko‘rmoqda. Ariza topshirishning eng so‘nggi muddati 11 aprelda yakuniga yetishi e’lon qilingan bo‘lsa ham, mazkur masaladan boxabar axborot manbasi ma’lumotiga ko‘ra, Yahoo arizalarning birinchi raundi uchun muddatni bir hafta – 18 aprelga qadar uzaytirgan.

Internet-giganti veb-aktivlariga Verizon telekommunikatsiya operatori ham ega chiqish talabida. Kompaniya kelgusi haftada mazkur taklif bilan chiqmoqchi. Taklifga “maza” kiritish uchun Verizon Yahoo Japan Corp aksiyalarini sotish olishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘zlarining kimligini sir tutishga qaror qilgan Bloomberg axborot manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, AT&T, Comcast va Microsoft singari xaridorlar Yahoo shu yilning fevralida e’lon qilgan auksionda ishtirok etmaydi. Time Inc. kompaniyasi takliflar qiymatini baholashda davom etayotgan bo‘lsa, Bain va TPG investitsion jamg‘armalari auksionda yo mustaqil, yoki strategik xaridor ko‘magi bilan qatnashishga qaror qilgan.

Bundan avvalroq esa Google, Microsoft, Yahoo, Comcast va LinkedIn kompaniyalari elektron pochtaning yangi mexanizmini yaratish uchun birlashgani xabar qilingan edi. Yangi mexanizm bo‘yicha barcha xat-xabarlar shifrlangan holda yuboriladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!