Google kompaniyasi yangi “aqlli” ko‘zoynak yaratadi

Google kompaniyasi yangi “aqlli” ko‘zoynak yaratadi

Asli uni ko‘zoynak deb bo‘lmaydi, chunki oynasi yo‘q. Informing portali mazkur flagman birvarakayiga uch variantda chiqishini aytmoqda. Googlening birinchi modelida shisha-ekran yo‘q, aksessuar bilan aloqa ovoz vositasida kechadi. Ko‘zoynak taqqan odamning qulog‘i bo‘sh qoladi, ovoz bosh suyagi orqali quloq pardasiga uzatiladi. Ushbu ko‘zoynak-gadjet sport ishqibozlari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek Google Glass minigarnitura vazifasini o‘tab, musiqa shinavandalarini xursand qiladi, degan taxminlar ham yo‘q emas. G‘ayritabiiy ko‘zoynak yaratuvchilari batafsil ma’lumotni oshkor etishmadi. Qolgan ikki variant o‘z xususiyati va afzalligidan kelib chiqib ishbilarmon va faol shaxslar uchun mo‘ljallanganligi aytilmoqda.

Google ilgari ham bunday ajabtovur qurilmalar yaratishga qo‘l urgan. O‘tgan oyda gologramma texnologiyasini taqib yuriladigan gadjetga joylashni patentlashga ariza bergan. Shuningdek, insonning o‘ng ko‘zi tepasiga o‘rnatiladigan displey va kamera yaratgan bo‘lib, u yuqori sifatli videotasvirga oladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.