Google Maps‬ endi “offlayn”da ham ishlaydi

Google Maps‬ endi “offlayn”da ham ishlaydi

Google kompaniyasining mashhur Google Maps xizmatidan internetga ulanmagan holatda ham foydalanish imkoni tug‘ildi, deb xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Endi siz bemalol mazkur xizmat orqali navigatsiya va manzillar qidiruvini amalga oshirishingiz mumkin. Bu haqida amerika kompaniyasi o‘z blogida e’lon qildi. Hozircha bunday xizmat faqat Android tizimi mavjud qurilmalar uchun amalda.

Foydalanuvchi “offlayn” rejimida tashkilotlarning ish vaqti va aloqa raqamlari haqidagi ma’lumotlarni qidirib topishi mumkin. Buning uchun qidirayotgan manzilning nomi, tumani, shahari yoki mintaqasi belgilab olinadi va “yuklamoq” degan bo‘lim tanlanadi. Shuningdek, Kartning asosiy menyusiga kirib, “Yuklangan joylar” degan nuqtani tanlash va «+» belgini bosish zarur.

Eslatib o‘tamiz, Google Maps –xaritaviy qidiruv xizmati hozircha mobil telefonlari va planshetlarda qo‘llanilmoqda. Bir yilcha muqaddam Google kompaniyasi Google Maps xizmatining o‘zbekcha talqinini ishlab chiqqan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning barcha ko‘cha, tuman, shahar va viloyat nomlari, ular haqidagi ma’lumotlarni o‘zbek tiliga o‘girish ishlari yakuniga yetib qolgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!