Google Maps yo‘llardagi tezlik limitini ko‘rsatadi

Google Maps yo‘llardagi tezlik limitini ko‘rsatadi

Google‘ning mashhur servislaridan bo‘lgan Google Maps endilikda avtomobil yo‘llaridagi tezlik limitlarini ko‘rsatadi. Albatta, mazkur yangilik ilovadan foydalanadiganlarning avtomobil yo‘llaridagi harakatini xavfsiz etishga yordam beradi.

Reddit foydalanuvchilari tarmoqqa joylagan suratda tezlik cheklovini ko‘rsatadigan tugma navigatsiya ekranining quyi chap qismidan o‘rin olganini ko‘rish mumkin. Mazkur funksiya Google‘ning yana bir ilovasi – Waze’da ancha paytdan beri mavjud bo‘lgan, biroq kompaniya endilikda uni Google Maps‘ga  ham qo‘llash maqsadida.

Shuningdek, Android Auto tizimida ham xuddi shunday funksiya paydo bo‘lganini qayd etishgan. Ushbu funksiya oddiy ilovadagi kabi ishlaydi, biroq uning interfeysdagi o‘rni biroz o‘zgargan.

Ammo, shuni ta’kidlash kerakki, mazkur funksiya hozircha barcha mamlakatlarda ham ishlamasligi mumkin. Bunga sabab turli mamlakatlardagi farqli tezlik limitlaridir. Shunday bo‘lsa-da, bu avtomobil navigatsiyasida juda foydali yangilik hisoblanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!