Google Nexus 6P yoki OnePlus 2: yetakchilik bayrog‘i uchun kurash

Google Nexus 6P yoki OnePlus 2: yetakchilik bayrog‘i uchun kurash

Android qurilmalari orasida ommalashgan bayroqdor telefon apparatlarini xohlagancha topish mumkin. Ammo 2015 yilda taqdim qilingan, Xitoyning Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Google’ning Nexus 6P apparati hamda Xitoyning yana bir OnePlus kompaniyasi ishlab chiqarayotgan OnePlus 2 qurilmalarining so‘nggi vaqtlarda ommalashib ketayotgani ularni solishtirish, afzalliklari va kamchiliklariga diqqat qaratish zaruratini tug‘dirmoqda.

Mazkur ikkala qurilma ham imkoniyatlariga ko‘ra bugungi xaridorning tanlov va talabiga muvofiq keladi. Ya’ni, aksariyat hollarda Android telefon qurilmalari ishlab chiqaruvchilar tomonidan emas, uni sotib olgan kompaniya tomonidan boshqa brend ostida sotiladi. Ammo mazkur brend telefonga o‘rnatilgan dasturlarning keyinchalik muntazam yangilanib borishini doim ham ta’minlab bora olmaydi. Ushbu telefon qurilmalari bunday kamchilikdan holi. Ya’ni, ularning dasturlarini yangilab turmasa ham, ular qulflanib qolmaydi. Aks holda, apparat dasturining yangilangan talqinini olish o‘rta hisobda 20 AQSh dollariga tushadi.

Nexus 6P – Google’ning ayni paytda eng ommabop Nexus apparati imkoniyatlariga raqamli qurilmalar dizayni va texnologiyasi haqida yozadigan ommabop Gizmodo blogi yuqori baho bergan. Bu qurilma Android’ning eng so‘nggi Marshmallow operatsion tizimi bilan ta’minlangan. 7.3 mm qalinlikdagi, 178 gramm og‘irlikka ega ixcham qurilma yorqin va katta  5.7 dyuymli AMOLED (2560x1440) ekranga ega. Unga Qualcomm’ning 8 yadroli Snapdragon 810 protsessori o‘rnatilgan. Qurilmaga Sony (f/2.0)ning 12,3 megapikselli sensor, 8 megapikselli old kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, 3450 mA quvvat oluvchi USB-C rusumidagi batareyaga ega.

OnePlus 2 – mobil qurilmalar bozorida muvaffaqiyatga erishgan OnePlus One apparatining navbatdagi avlodi hisoblanadi. Gizmodo blogida mazkur qurilmaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida ta’kidlanadi. Unga “flagmanlar kushandasi” degan nom berilgan. Oxygen opersion tizimiga, 5,5 dyuymli AMOLED (1920×1080) ekranga, Qualcomm Snapdragon 810 8 yadroli protsessoriga, Google Android 5.1 operatsion tizimiga, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. 9,8 mm qalinlikdagi qurilmaning og‘irligi  178 gramm. Qurilma batareyasi  3300 mA quvvat olish imkoniga ega. Bugun yetakchi bayroqdor qurilmalarda barmoq izlarini sensorli skaner qilish tizimining o‘rnatilishi yangilik emas. Mutaxassislar funksional jihatdan bu qurilma shu imkoniyatga ega Samsung Galaxy Note 5, iPhone 6S qurilmalaridan yaxshiroq ekanini ta’kidlashadi.

Narx-navo

Nexus 6P uch xil talqinda sotuvga chiqariladi. 32 GB xotiraga ega talqini $499, 64 GB xotiraga ega talqini $549 hamda 128 Gb modeli $649 AQSh dollaridan sotiladi. Har uchala modelning qora, alyuminiy va oq rangli korpusi mavjud. Ular 3 GB operativ xotiraga ega. OnePlus 2 ikki modelda sotuvda mavjud. Uning 16 GB xotiraga ega talqini $329 hamda 64 Gb modeli $389 AQSh dollaridan sotiladi. Bu qurilmalar 4 GB operativ xotiraga ega.

Foydalanuvchilar fikrlari

OnePlus 2 apparatining arzonligini uning hajmining kichikligi bilan asoslash mumkin. Nexus 6P korpusida metalldan samarali foydalanilagin uning bahosiga ham ta’sir qilgan. Ko‘rinishi jihatdan Nexus 6P ancha ustunroq. Lekin boshqalarning fikri farqli bo‘lishi mumkin. Nexus 6P ixcham va yupqa. Uning metall korpusi uni bir qo‘lda boshqarish imkonini beradi.

OnePlus 2 qurilmasining ustun bir jihati u nafaqat ixcham, balki tiniq va toza ko‘rinishga ega. Uning yagona stereo kolonkasi ostki qismida joylashgan va nisbatan ovoz xira va shovqinli. Nexus 6P apparatida ovoz tiniq eshitiladi.

Quvvat toshining hayoti

Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan fikrlarga ko‘ra, batareyaning uzoq faoliyat ko‘rsatishi jihatidan Nexus 6P qurilmasi ustunlik qilar ekan. Buning asosiy sababi sifatida Android Marshmallow tizimi ko‘rsatilmoqda. Uning to‘la quvvatlangan zaxirasi kun davomida telefon apparatining barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. OnePlus 2 apparatining quvvat toshi ham yomon emas. Ammo yanada takomillashtirilsa, kun davomida ehtimol video, fotosurat tomosha qilish, internetdan foydalanishda quvvat manbai bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmagan bo‘lar edi.

ohm5jfrawr0kn195wrhl

Kamera va suratga olish imkoniyatlari

OnePlus 2 apparati kamerasi yorqinroq tasvirga oladi. Nexus 6P’ning yorug‘lik past joyda ham tasvirga olishga mo‘ljallangan kamerasi uning ajdodlarining bu yo‘nalishdagi imkoniyatlaridan ancha yuqori. Qo‘li titraydigan foydalanuvchilar OnePlus 2 qurilmasining suratni optik barqarorlashtirish funksiyasidan foydalanishlari mumkin.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, xususiyatlar, dizayn va texnologik imkoniyatlarning kengligi, o‘ziga xosligidan ko‘rinib turibdiki, har ikkala mobil telefon qurilmasining o‘ziga xosliklari bor. Fotosuratga olish ishqibozlariga OnePlus 2 imkoniyatlari yoqishi aniq. Ammo quvvat manbaining chidamliligi bo‘yicha Nexus 6P yetakchi ekanligi boshqalarni uni xarib qilishga chorlaydi. Qay birini tanlashni esa mijoz o‘z didi va cho‘ntak imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!