Google orol xaritasini tuzishda qo‘ylardan foydalandi

Google orol xaritasini tuzishda qo‘ylardan foydalandi

Bundan bir necha oy oldin, Durita Andreassen, turizm sohasiga ixtisoslashgan advokat, Google’ga murojaat qilib, o‘zining ajoyib g‘oyasi bilan bo‘lishdi. U atrofni suratga olish va xaritalar tuzish maqsadida qo‘ylarga kameralar o‘rnatishni taklif qildi. Duritaning  o‘zi ham avvalroq Islandiya va Shotlandiya o‘rtasida joylashgan Farer orollari manzarasini rasmga olishda mazkur usuldan foydalangan. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.

Google Street View xizmati uchun Farer orollarining peyzajini rasmga olishda Google kompaniyasi allaqachon o‘z mutaxassislarini zaruriy uskunalar bilan birga (360 gradusli kameralar, Street View Trekker va boshqalar) orolga jo‘natgan. Ularga orol manzarasini suratga tushirishda Duritaning qo‘ylari yordam berishadi. Hatto orol aholisi ham mazkur loyihaga hissa qo‘shish istagini bildirgan. Google esa orolda yashovchi istalgan kishiga bitta 360-gradusli kamera taqdim etishini ma’lum qilgan.

Nima ham derdik, texnologiya bu shunchaki yangi narsani yaratish emas, balki mavjud resurslardan samarali foydalanish hamdir. O‘ylaymizki, qo‘ylar bu vazifani a’lo darajada bajaradilar 🙂

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!